21:41 / 29.10.2015
2904

Koreys oftalmologlari Farg‘onada jarrohlik amaliyotlari o‘tkazadi

1-6 noyabr kunlari Vision Care Service (Janubiy Koreya) xalqaro tashkiloti shifokorlari delegatsiyasi O‘zbekistonga safar qiladi. Safar «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bilan hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda, deb xabar qiladi «Turkiston-press» NAA.

Koreys shifokorlari Farg‘ona viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida 800 dan ortiq kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi, shuningdek, 100 nafar bemorning kataraktasini olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi.

«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bundan tashqari, o‘zbek oftalmologlari uchun mahorat saboqlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Janubiy Koreya oftalmologlari ilgari ham O‘zbekiston shaharlarida shunga o‘xshash gumanitar aksiyalar o‘tkazgan edi.

Top