19:15 / 29.10.2015
8708

KUN.UZ dayjesti: 29 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 29 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

2015 yilda O‘zbekistonda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 186 ming nafari ish bilan ta'minlandi>>

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘zbekiston MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi>>

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi delegatsiya 2015yil 30 oktabr kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Davlat mehnat texnika inspektorlari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida 860 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi>>

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

TDTU talabasi yo‘llarni yoritishda foydalanishga mo‘ljallangan shamol generatori ishlab chiqdi>>

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Sarvar Usmonaliyev magistral yo‘llarni elektr energiyasi bilan yoritishga mo‘ljallangan qurilma yaratdi. Bu qurilma shamol yordamida ishlaydi va shamol generatori deb nomlanadi.

2015 yilning 9 oyida Navoiy viloyatida 34 ming yangi ish o‘rni yaratildi>>

Navoiyda joriy yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va eng muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi o‘zgarishsiz qoladi>>

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar uchun reklama narxining amal qilishini uzaytirmoqda.

Vazirlik “COSCOM”, “O‘zbektelekom”, “RWC” va “UNITEL” mobil aloqa operatorlaridan aloqa sifatini yaxshilashni talab qildi>>

27 oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ichki ishlar idoralari kunida 4 kishiga polkovnik unvoni berildi>>

25 oktabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator xodimlarga polkovnik unvoni berildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

O‘zbek olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini yaratishdi>>

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini ixtiro qilishdi.

Shohimardonda zilzila sodir bo‘ldi>>

Qirg‘iziston seysmologiya institutining ma'lumotlariga qaraganda, uning hududida joylashgan O‘zbekistonga tegishli Shohimardon anklavida bugun, 29 oktabr kuni, soat 07:56da zilzila qayd qilindi.

Polsha O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi>>

Polshaning Convert energy Sp.z.o.o. kompaniyasi “O‘zbekenergo” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya direktori Kshishtof Korchak ma'lumot berdi.

O‘zbekiston Eronga yangi elchisini jo‘natdi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Baxodir Abdullayev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

AQSh MO davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazish uchun nima sababdan aynan Samarqandni tanladi?>>

Ayni paytda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari bo‘lib o‘tmoqda. Keng miqyosdagi safardan ko‘zlangan maqsad nimada? Shu singari savollarga javob topish maqsadida Sputnik agentligi MDH davlatlari institutining Yevrosiy integratsiyasi va ShHT taraqqiyoti bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev bilan suhbatlashdi.

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a'zolari qo‘lga olindi>>

29 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston hududida taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti a'zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Samarqand avtoxo‘jaligidagi tartibsiz hayot yoki yo‘lovchilarning poymol bo‘layotgan huquqlari qachon tiklanadi?>>

Bugun Samarqand viloyatida shahar yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi yirik avtoxo‘jalikda haydovchi yetishmasligi tanqisligi kuzatilmoqda. Har bir garajda texnik ta'mirdan o‘tgan avtobuslar bor, ular xizmat ko‘rsatishga tayyor, biroq ularni boshqaruvchi haydovchi yo‘q.

Samarqandliklar: Nomigagina berilayotgan gaz bosimiga na suv qaynaydi, na ovqat pishadi>>

Samarqandning “Zarafshon” gazetasi saytida “Kommunal xizmatdagi uzilishlar” nomli maqola e'lon qilindi.

2015 yilning 9 oyida Andijonda mahalliylashtirish dasturi doirasida 16,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi>>

Andijonda 2015 yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchinchi chorakda Xorazm viloyatining YaHM hajmi 11,4 foizga o‘sdi>>

Xorazmda joriy yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 337 milliard so‘mlik 1 ming 258 loyiha amalga oshirilib, 6,9 ming yangi ish o‘rni yaratildi.

Uchinchi chorak: Surxondaryo viloyati korxonalari 98,1 mln dollar qiymatidagi mahsulot eksport qildi>>

Surxondaryo viloyatida 2015 yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Qozog‘istondagi turnirda 15ta medal olishdi>>

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari a'zolari Qozog‘iston ochiq chempionatida yettita oltin, to‘rttadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar BAAdagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi>>

30 oktabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa start oladi.

O‘zbekistonlik karatechilar Yevroosiyo birinchiligida 20dan ortiq medal olishdi>>

26 oktabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida karate bo‘yicha Yevroosiyo birinchiligi o‘tkazildi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 7ta oltin, 12ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston termasi Yevropadagi terma jamoalardan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin>>

2018 yilgi JCh uchun saralash uchrashuvlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida KXDR va Yamanga qarshi muhim o‘yinlarni o‘tkazadi.

Top