17:04 / 29.10.2015
3255

Merkel: XXR bahsli hududlar masalasini xalqaro sud idoralari orqali hal qilishi kerak

Germaniya kansleri Angela Merkel Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan tashrifi chog‘ida Xitoy hukumatidan Janubiy-Xitoy dengizi hududidagi bahsli hududlar masalasini xalqaro sud idoralari orqali hal qilishini so‘radi. Bu haqda RIA «Novosti» «Reyter» axborot agentligi bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

XXR Janubiy-Xitoy dengizi hududidagi ba'zi hududlar bo‘yicha Bruney, Malayziya, Vetnam va Filippin bilan kelishmovchiliklari saqlanib qolgan. Boshqa hududlardagi bu kabi muammolar Xitoyning Yaponiya va Janubiy Koreya bilan munosabatlariga ham ta'sir qilishi mumkin. AQSh mintaqadagi davlatlarni bir-biri bilan keskin muzokaralar olib bormaslikka va kelishgan holda ish ko‘rishga chaqirgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi seshanba kuni rasmiy Pekin ruxsatisiz amerikaliklar Janubiy Xitoy dengizi hududidagi, xitoyliklar o‘zlarini deb hisoblaydigan Nangsha oroliga kirib borganini xabar qilgan. TIV bu borada AQShga Xitoy suvereniteti qoidalariga zid ish ekanini ta'kidlab shikoyat yo‘llagan.

Pentagon Janubiy Xitoy dengizi hududida olib borilayotgan operatsiyalarni inkor etmagan va kelgusida ham bu ish davom ettirilishini ta'kidlamoqda. AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya «yaqin hafta va oyda tashkillashtiriladi». AQSh bu ish amalga oshirilsa xalqaro huquq normalariga amal qilinishini ta'kidlagan.

Top