19:00 / 29.10.2015
3200

OAV: "Chelsi" Mourino o‘rniga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Rojyersni tayinlashi mumkin

"Liverpul” klubining sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojyers agar Joze Mourino iste'foga chiqarilsa, “Chelsi”ni vaqtinchalik boshqarishi mumkin. Bu haqda Belfast Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino ilk bor ”Chelsi”ga kelgan vaqtlarida Rojyers londonliklarning o‘smirlari va yoshlari bilan ishlagan.

Aytish joizki, yaqindagina Rojyers 3 yillik faoliyatdan keyin “Liverpul” bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etilgandi.

Top