12:42 / 29.10.2015
4474

O‘zbek olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini yaratishdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini ixtiro qilishdi.

Ushbu usul yarimo‘tkazgichli materiallarga kimyoviy ishlov berish, kremniy karbidi monokristallari asosidagi pribor strukturalarini va uning turli tagliklardagi monokristall plyonkalarini tayyorlashda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Uning vazifasi kremniy karbidining yuzasiga selektiv ishlov berish imkoniyati yaratilgan holda nuqsonlari kam to‘plangan oynadek silliq yuzaga ega bo‘lish imkonini beradigan yuzaga ishlov berishning past temperaturali kimyoviy usulini yaratishdan iborat.

Mualliflar jamoasi - I.G.Atabauyev, Chin-Che Tin, B.G.Atabauyev, S.L.Lutpullauyev va X.N.Jurauyevga mazkur usul uchun № IAP 05087 raqamli patent berildi.

Top