16:33 / 29.10.2015
6275

O‘zbekiston delegatsiyasiga Rossiya desantchilarining mashg‘ulotlari ko‘rsatildi

Rossiya desantchilari mamlakatga O‘zbekistondan tashrif buyurgan harbiy delegatsiyaga o‘t ochish, jismoniy, havo-desant tayyorgarligi, shuningdek, jang mashinalarini haydash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan uslublarni namoyish qilib berishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining Havo desant qo‘shinlari bo‘yicha matbuot va axborot boshqarmasi vakili Yevgeniy Meshkov xabar qildi.

Uning ta'kidlashicha, tanishtiruv tadbiri Tula polki hamda unga yaqin joylashgan qo‘shin poligoni hududida o‘tkazilgan.
“Uchrashuv chog‘ida birodar davlatdan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar Rossiya Havo desant qo‘shinlari mutaxassislarini tayyorlash tizimi va dasturlari bilan tanishishni rejalashtirgan edi...

Desantchilar o‘t ochish, jismoniy, havo-desant tayyorgarligi, shuningdek, jang mashinalarini haydash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan uslublarni namoyish qilib berishdi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Tadbirlar 28-29 oktabr kunlari davom etdi. U Rossiya mudofaa vazirligining xalqaro faoliyati doirasida amalga oshirildi.

Top