23:10 / 29.10.2015
6072

Rossiya harbiy samolyotlari AQSh aviatashuvchisi oldidan uchib o‘tdi

Ma'lum qilinishicha, 27 oktabrda Rossiyaning uzoq masofalarga uchuvchi, kemalarga qarshi ikkita Tu-142 samolyoti bir dengiz milyasi (1,8 km) uzoqligida va 150 metr balandlikda AQShning “Ronald Reygan” aviatashuvchisi oldidan uchib o‘tgan. 

Voqea kema Koreya yarimoroli yaqinida xalqaro suvlarda bo‘lganda yuz bergan, deb ma'lum qildi AQSh harbiy-dengiz kuchlari Yettinchi floti vakiliga iqtibos keltirgan holda AQSh Qurolli kuchlarining Stars and Stripes nashri.

Kema Koreya yarimoroli yaqinida reja bo‘yicha manyovrlar bajarayotgan bo‘lgan. AQSh harbiylari uchuvchilar bilan radioaloqa orqali bog‘lanmoqchi bo‘lgan, biroq hech qanday javob olmagan.

Natijada kemadan trevoga bo‘yicha 4 ta F/A-18 Super Hornet harbiy samolyoti havoga ko‘tarilgan.

Yettinchi flot vakili, leytenant Loren Koulning aytishicha, AQSh “xalqaro suvlardagi barcha operatsiyalarni boshqa davlatlarning huquqlariga mos ravishda o‘tkazish va xavf-xatarsiz harakat qilish kerakligidan” ogohlantirmoqda.

Top