08:03 / 29.10.2015
7902

Toshkentda sevgan qizini aldab, undan qariyb 30 mln so‘m olgan o‘smir odam pichoqlagani uchun qo‘lga olindi

Toshkentda sevgan qizini aldab, undan qariyb 30 mln so‘m olgan o‘smir odam pichoqlagani uchun qo‘lga olindi. Voqea tafsilotlarini “Huquq” nashri keltirmoqda.

Aytilishicha, 18 yoshli Botir Qayumov Malika ismli qiz bilan gaplashib yurgan. U qizni turli yo‘llar bilan aldab, uni 28.77 mln so‘mlik tilla buyumlarni uyidan olib chiqib berishga ko‘ndirgan. Oradan bir muddat o‘tib, qizning 650 ming so‘mlik qo‘l telefonini so‘rab olib, ushbu telefonni olib qochib ketgan.

Bir haftadan so‘ng u mast holda bir do‘kon qorovuli bilan janjallashib qoldi. U qorovulni pichoqlab, do‘kondan 100 ming so‘mlik mahsulot o‘g‘irlab, voqea joyini tark etdi.
Vaqtida ko‘rsatilgan yordam tufayli qorovulning hayoti saqlab qolindi. Bezori esa qo‘lga olinib, barcha jinoyatlari yuzasidan sudga tortildi.

Top