09:47 / 29.10.2015
2778

Turkiya muxolifati YeIga muhojirlar masalasida e'tiroz bildirdi

Turkiya xalq respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li Yevropa Ittifoqini mamlakatni qochqinlarni qabul qilishdagi oraliq zonaga aylantirishga intilayotganda aybladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz tarixdagi eng yirik migratsion inqiroz guvohi bo‘lmoqdamiz, bunda Turkiya qochqinlarning eng katta qismini qabul qildi”, - ta'kidladi siyosatchi.
U ushbu masalani hal qilishda faqat birdamlik, hamkorlik hamda YeIning mas'uliyatni Turkiya bilan bo‘lishishi birlamchi omil bo‘lib xizmat qilishi lozimligini ta'kidladi.

“Ammo biz YeI tomondan Turkiya manfaatlariga mos qadamlar tashlanayotganini ko‘rmayapmiz. YeIning maqsadi Turkiya hududini ozgina pul evaziga qochqinlar oraliq zona sifatida qo‘llashdir”, - xulosa qildi Qilichdoro‘g‘li.

Top