09:43 / 29.10.2015
2306

Hillari Klinton AQSh muammosini hal etishda barcha siyosatchilarni “bir guruh”da bo‘lishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi doirasida Nyu-Hempshir shtatida qilgan chiqishi vaqtida barcha siyosatchilarni mamlakatda mavjud muammolarni birgalikda, bahamjihat hal etish lozimligiga chaqirdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

“Biz respublikachilarmizmi yoki demokratlarmi yoki bo‘lmasa o‘zimizni boshqa birov deb ataymizmi, bundan qat'iy nazar Amerikani yanada buyuk mamlakat etishimiz zarur”, — deb ta'kidlagan siyosatchi.

Ayni damda uning bu so‘zlari, o‘z navbatida, ikkita raqibiga qaratilgan: bular Vermont shtati senatori, demokratlardan nomzod Berni Sanders va respublikachilardan nomzod Donald Trampga. Hatto Trampning saylovoldi shiori “Amerikani yanada buyuk qilaylik” degan jumlalarini Klinton tomonidan aynan takrorlanishi ham buni tasdiqlab turibdi.

Top