10:38 / 30.10.2015
3069

Bag‘dodda qochqinlar lageri o‘qqa tutilib, 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida eronlik qochqinlar yashab turgan lagerga noma'lum tomondan uchirilgan raketa zarbalari tufayli 20 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Bag‘doddagi aeroport yaqinida joylashgan "Xyurriyet" lagerida Eronda faoliyati taqiqlangan "Xalq mujohidlari" tashkilotining 2 ming atrofidagi a'zolari yashamoqda.

Tashkilot vakilining bildirishicha, bu hujum tufayli halok bo‘lganlar soni 23 nafarni tashkil etgan. BMT bu voqeani qattiq qoralab chiqqan va aybdorlar aniqlanib, javobgarlikka tortilishi kerakligini aytgan.

Top