15:31 / 30.10.2015
4298

Dunyoning eng yaxshi restoranidagi joylar 4 daqiqa ichida sotilib ketdi

Noma Sydney restoranining bo‘sh joylari 4 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi News.com.au portali. Noma Sydney Daniyaning Noma restoranining Avstraliyadagi filiali bo‘lib, uni mashhur oshpaz Rene Redzepi boshqaradi.

Muassasa bir necha marotaba dunyoning eng yaxshi restorani deb tan olingan edi. Sidneydagi muassasa joylarini band qilish mahalliy vaqt bilan soat 10:00da ochilib, 10:04da barcha stollar egallab bo‘lindi. mijozlar ikki, to‘rt, olti va sakkiz kishilik o‘rinlar taklif qilindi.

Noma’ning bo‘linmasi Sidneyda keyingi yilning 26 yanvaridan 2 apreliga qadar ishlaydi. Tushlik yoki kechlikning narxi, sharobni hisobga olmaganda, 485 dollarni tashkil qiladi.
Restoran 2003 yili ochilgan edi. U 2010, 2011, 2012 va 2014 yillarda dunyoning eng yaxshi tamaddixonasi deb topilgan edi. Redzepi esa bir necha marotaba dunyoning eng nufuzli oshpaziga aylangan edi.

Top