19:19 / 30.10.2015
3840

Emomali Rahmon MDH davlatlarini iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni mustahkamlashga chaqirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 30 oktabrda Dushanbeda MDH davlatlari bosh vazirlari Kengashi yig‘ilishi ishtirokchilarini kutib oldi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Emomali Rahmon MDH davlatlari bosh vazirlari e'tiborini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy oqibatlariga qaratib, “Bizning fikrimizcha, MDH davlatlari ko‘p rejali aloqalarini saqlagan holda kelgusida Hamdo‘stlik davlatlari hamkorligini iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida rivojlantirish zarur”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston shimolidagi vaziyat va uning Markaziy Osiyo va MDHning janubiy davlatlari uchun ehtimoliy oqibatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Top