02:04 / 30.10.2015
5768

Yevropa Ittifoqida Poroshenkoning konfetlarini taqiqlab qo‘yishdi

Yevropa Ittifoqi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning yong‘oq va shirinlik aralashmasidan tayyorlangan qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Roshen kompaniyasi mahsulotlari eksportini taqiqilab qo‘ydi. Bu haqda Ukraina agrar siyosati vaziri o‘rinbosari Vladislava Rutitskaya ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”. Taqiq mahsulotlarda sanitar epidemologiya xizmati sertifikati muhri yo‘qligi sabab qo‘yilgan.

“Sanitar epedimiya xizmati sertifikatida muhr bo‘lishi lozim edi. Endi ularni qo‘yib bo‘lmaydi. Bu alohida e'tibor talab etadigan ishdir”, — deb ma'lum qilgan Rutitskaya. U mavjud muammo hukumatda qisqa vaqt oralig‘ida hal etilishini qo‘shimcha qilgan.

Top