IShID terrorchilik guruhi Suriyaning Rakka shahridagi ayollar shifoxonalarini yopishni buyurmoqda. Ular bunga erkak shifokorlar musulmon ayollarni davolamasliklari kerakligini sabab qilib keltirishmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

IShIDning Rakkadagi hukmronligi ko'plab nomuslarga tegishlar, balog'atga yetmagan qizlarni majburan nikohga olish, shifokorlarning taqib qilinishi, dori-darmonlarning yo'qligiga olib keldi. Bularning barchasi mahalliy ayollarning salomatligiga salbiy ta`sir ko'rsatdi.

Ma`lum qilinishicha, jangarilar erkak ginekologlarga tahdid qilishi oqibatida ularning ko'pchiligi shahardan qochib ketganlar.

“Ko'plab shifokorlar, ayniqsa ginekologlar shifokorlikdan chetlatilgani yoki o'lim xavfiga uchrashgani sababli qochib ketdilar”, deb aytmoqda huquq himoyachisi Abu Muhammad.

Nashr manbalari ma`lumotlariga ko'ra, Rakkada erkaklar tomonidan boshqariladigan barcha shifoxonalar ayni paytda yopib qo'yilgan.

Avvalroq IShID nazoratida bo'lgan joylarda yashovchi liviyalik shifokorlar mahalliy qizlar o'rtasida homila tushishi va jinsiy kasalliklar miqdori keskin oshib ketganini ma`lum qilishgandi. Shifokorlarning aytishicha, qizlar zo'ravonlik bilan jangarilar bilan aloqaga kirishga majburlanmoqdalar.

Shu bilan birga ayollardan yangi jangarilarni tug'ib berish talab qilinmoqda, Suriya va Iroqda professional ayollar maslahatiga talab oshib bormoqda.