17:41 / 30.10.2015
3028

Klopp "Chelsi"ga qarshi o‘yin haqida: APLning 9 va 15-o‘rindagi jamoalari o‘ynaydi

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi uchrashuv va londonliklar ustozi Joze Mourino bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.

«Futbolchilar «Chelsi»ni hurmat qilishlari va g‘alaba uchun bor kuchlari bilan o‘ynashlari lozim. Ramires, Matich, Keyxill, Terri – bularning hammasi ajoyib futbolchilar. «Chelsi»da ularga qarshi o‘ynash oson bo‘ladi deb o‘ylamayman. Jamoani «jarohatlar» yanada kuchli qilishi mumkin».

«Qachondir bu uchrashuv prinsipial qarama-qarshilik kasb etgan bo‘lishi mumkin, ammo hozir bu uchrashuv to‘qqizinchi va o‘n beshinchi o‘rindagi jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv. Lekin shunga qaramay ikkala jamoa ham yaxshi motivatsiyaga ega bo‘lib turibdi. Bizda vaziyatni o‘nglashimiz uchun yaxshi imkoniyat bor va bundan foydalanishni istaymiz».

«Mourino ish uslubi haqida hech qanday ma'lumotga ega emasman. Hozir faqat uning jamoasi qanday o‘yin ko‘rsatayotganini tushinishga harakat qilmoqdaman. U ajoyib murabbiy. Men jurnalist yoki hakam emasmanki, u bilan qandaydir janjalga borsam. U emotsional, men ham emotsional. Ammo ikkalamiz ham final hushtagidan keyin normal hayot boshlanishini tushunadigan darajada professionallarmiz», – deya Kloppning mazkur o‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytgan gaplaridan iqtibos keltirmoqda Liverpool Echo.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» – «Liverpul» uchrashuvi 31 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17.45da boshlanadi.

Top