19:39 / 30.10.2015
12732

KUN.UZ dayjesti: 30 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

MDH hukumatlari rahbarlari Dushanbeda 40ta hujjatni imzolashdi>>

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hukumatlari rahbarlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 40ta hujjatni imzolashdi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.

Asqar Aqayev Samon Kuznets oltin medaliga sazovor bo‘ldi>>

Qirg‘iz Respublikasining sobiq prezidenti Asqar Aqayev Nobel mukofoti sovrindori Samon Kuznetsning oltin medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya matbuotida xabar berildi.

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 24 kishiga yetdi>>

Indoneziyada ikki oydan beri to‘xtamayotgan kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi. Bu haqda 30 oktabrda Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy agentligi ma'lum qildi.

Xitoylik admiral AQShni ehtimoliy urush haqida ogohlantirdi>>

Xitoy Xalq Respublikasi Harbiy dengiz kuchlari admirali U Shenli amerikalik admiral Jon Richardson bilan telekonferensiya doirasida AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlari tufayli ikki davlat o‘rtasida urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Markaziy Osiyo mutaxassislari zilzila tahdidlarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda>>

27-28 oktabr kunlari zilzila tahdidlarini kamaytirish bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi o‘tkazildi. Bu haqda Jahon banki bayonotida aytildi.

Bag‘dodda qochqinlar lageri o‘qqa tutilib, 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi>>

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida eronlik qochqinlar yashab turgan lagerga noma'lum tomondan uchirilgan raketa zarbalari tufayli 20 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

To‘rt insonning qotili oradan 30 yil o‘tib Floridada qatl etildi>>

Florida hukumati 30 yil muqaddam sudlangan, o‘zining sobiq rafiqasi, uning besh yashar qizi, onasi va singlisining qotiliga aylangan jinoyatchini qatl etdi. Hukm jazoni ijro etuvchi tuzilmalar tomonidan amalga oshirildi.

AQSh razvedkasi rahbari: Rossiyaning Suriyada harbiy operatsiya o‘tkazish qarori shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan edi>>

Rossiyaning Suriyada “Jabhat an-Nusra” va IShIDga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish qarori shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan edi. Bu haqda AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

AQSh ma'muriyati Suriya va Eronni Rossiyaning yagona do‘stlari deb atadi>>

Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernest Suriya va Eronni Rossiyaning yagona do‘stlari deb atadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

WSJ: AQSh Bashar Asadning so‘zsiz ketishini talab qilmayapti>>

Oq uy Suriya prezidenti Bashar Asadning taqdiri bo‘yicha o‘z munosabatini o‘zgartirdi va uning taqdirini Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarda muhokama qilishga tayyor. Bu haqda Wall Street Journal nashri AQSh ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Jahondagi eng yomon shaharlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

Aqshning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalaridan biri, inson resurslari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi ORC Worldwide kompaniyasi BusinessWeek nashri uchun 20 ta eng yomon shahar ro‘yxatini e'lon qildi.

Venada Suriya masalasi bo‘yicha vazirlar uchrashuvi boshlandi>>

Venadagi Imperial saroyida Suriyadagi siyosiy muammoni muhokama etishga qaratilgan keng formatdagi vazirlar uchrashuvi boshlandi.

Egey dengizida 2ta qayiq halokatga uchrab, 21 kishi cho‘kib ketdi>>

Gretsiya hukumati tomonidan ma'lum qilinishicha, 29 oktabr kuni Egey dengizida qochqinlar mingan 2ta qayiq halokatga uchradi va 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

London ulkan masjid qurilishini qat'iy ravishda inkor etdi>>

Buyuk Britaniya hukumati o‘n yildan beri muhokama etib kelinayotgan London sharqida yirik masjid qurish bilan bog‘liq masalaga yakuni yasadi, masjid qurilmaydigan bo‘ldi.

Blatter: Agar AQSh JCh-2022 mezbonligi uchun raqobatda yutib chiqqanida, FIFAdagi mojarolar yuz bermasdi>>

FIFA prezidenti Yozef Blatter 2022 jahon chempionati mezbonligini AQSh emas, Qatar yutganidan xafa bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u Financial Times nashriga bergan intervyusida tan olib o‘tgan.

WSJ: AQSh Asadning yangi hukumat tuzilguniga qadar prezident bo‘lib qolishiga rozi>>

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriyada Bashar Asadning yangi hukumat tuzilguniga qadar prezident bo‘lib qolishiga rozi, deb yozadi The Wall Street Journal nashri.

Mashhur egizaklarning Zitasi vafot etdi>>

9 oktabr kuni ajratib olingan Siam egizaklarining biri Zita Rezaxanova Qirg‘izistonda, o‘z uyida vafot etdi. Bu haqda "Vechernyaya Moskva" xabar bermoqda. Qiz hayotdan ko‘z yumayotganida yolg‘iz emasdi. Uning yonida yaqinlari va qarindoshlari bor edi.

Yaponiyada grippdan bir kunda xalos qiluvchi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi>>

Yaponiyada grippdan bir kunda davolovchi dori birinchi klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi hamda o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Bu haqda 30 oktabrda Nikkei gazetasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Braziliya Olimpiada vaqtida viza tartibini bekor qilmoqchi>>

Braziliyaga borishni istovchi sayyohlar 2016 yilning iyunidan sentabriga qadar, 90 kun davomida mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin. Oktyabr boshida ushbu qonun loyihasini mamlakat parlamenti quyi palatasi deputatlari tasdiqlagan.

Dunyo bozorida smartfonlar savdosi o‘sishi pasaydi>>

Strategy Analytics hisobotida ma'lum qilinishicha, 2015 yilda smartfonlarning sotilishi ko‘rsatkichlari sekinlashdi va bu ko‘rsatkichlar keyingi 6 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Engadget nashri xabar bergan.

XX asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri Diyego Maradona 55 yoshga to‘ldi>>

Bugun, 30 oktabr kuni Argentina terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Diyego Maradona 55 yoshga to‘ldi.

Gruziyada Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish jarayoni boshlandi>>

Gruziyada mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish jarayoni boshlandi, deb xabar berdi Gruziya adliya vaziri Tea Tsulukiani.

Google 2017 yilga qadar Android va Chrome OS operatsion tizimlarini birlashtirmoqchi>>

Google kompaniyasi 2017 yilga qadar Chrome OS va Android operatsion tizimlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Top