20:34 / 30.10.2015
9097

OAV: amerikalik general Rossiyani “bosib turish” uchun Yevropaga ko‘proq qo‘shin yuborishni talab qilmoqda

Yaqinda AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan general Mark Milli Vashingtonni “Rossiyani yangi harbiy hujumlarni amalga oshirishdan bosib turish” uchun Yevropadagi harbiy texnika va harbiy tuzilmalar sonini oshirishga chaqirdi, deb yozmoqda Times nashri. General bunday taklifni Germaniyaga tashrifi davomidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Moskvaga uning “tajovvuzi” jazolanmasdan qolmasligini tushuntirib qo‘yish kerak", deydi general.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Milli AQShning Yevropada joylashishi imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlarni ko‘rib chiqishni buyurdi. U olingan natijalarni AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterga taqdim qilmoqchi. Shundan keyin uning hisobotini Oq uy ko‘rib chiqadi.

Millining hisobotida jumladan Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi hisobga olinadi, deb ta'kdlamoqda Times nashri.

Top