11:30 / 30.10.2015
2012

OAV: Grozniydagi “Arena-Siti” mehmonxonasida chiqqan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohat oldi

Grozniydagi “Arena-Siti” mehmonxonasida chiqqan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi, 6 kishi jarohat oldi.

Qayd etilishicha, taxminlarcha yong‘in mehmonxonaning birinchi qavatida joylashgan fitnes-sentrda chiqqan.

Checheniston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'lum qilishicha, ayni paytda yong‘in o‘chirilgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.

Ba'zi OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inda Stavropoldan kelgan 53 yoshli Andrey Proxodnoy ismli erkak halok bo‘lgan. Uning rafiqasi Mariya Shelegeda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Shuningdek, jabrlanganlar orasida mehmonxona ma'muri Shamsudin Zudiyev va Moskvadan kelgan 4 kishi bor.

Top