16:54 / 30.10.2015
2880

O‘zbekistonda 64,5 foiz bolalar mutlaq sog‘lom deb topildi

2014 yilda O‘zbekistonda 6 mln 500 ming nafar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi rais o‘rinbosari Gavhar Alimova 30 oktabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida O‘zbekistonda bolalarning 64,5 foizi mutlaq sog‘lom deb topildi.

Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, mustaqillik yillarida yurtimizda onalar o‘limi 3,1 barobar, go‘daklar o‘limi 3,2 barobarga kamaydi.

Top