18:58 / 30.10.2015
2991

O‘zbekistonda kollej bitiruvchilariga 200 mlrd so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi

Aholini, xususan yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga jalb etish maqsadida 2014 yilda 200 ming nafardan ziyod kollej bitiruvchilariga 200 mlrd so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Bu haqda 30 oktabr kuni “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli” mavzusida o‘tkazilgan seminar-treningda ma'lum qilindi.
Tadbir tashkilotchisi – O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi press-relizida keltirilishicha, o‘tgan 2014 yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin ish o‘rinlari tashkil etildi. Buning natijasida ta'lim muassasalarining 600 ming nafardan ziyod bitiruvchisi ish bilan ta'minlandi.
Shuningdek, 200 ming nafardan ziyod kollej bitiruvchilariga umumiy qiymati 200 milliard so‘mlik imtiyozli mikrokreditlar taqdim etildi.

Top