15:17 / 30.10.2015
3587

Parlament 2016 yilgi YaIM o‘sishi 7.8 foizni tashkil qilishini kutmoqda

29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, respublika vazirlik va idoralarning rahbarlari, mutaxassislar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida 2016 yilga mo‘ljallangan “Byudjyetnoma” – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining loyihalari, shuningdek soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Majlisda 2016 yilgi davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining loyihalari, muhim asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Kelgusi yil uchun davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining loyihalari, shuningdeksoliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblangan yalpi ichki mahsulotning 7.8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8.2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6.1 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9.6 foizga o‘sishi nazarda tutilganligi hamda mazkur ko‘rsatkichlarning yakunlanayotgan yilda ham yuqori sur'atlarda o‘sishi kutilayotganligi asos qilib olingan.
2016 yilda soliq va byudjyet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida Davlat byudjyeti daromadlari 40.5 trln so‘mni, xarajatlari 42.7 trln so‘mni va Davlat byudjyeti taqchilligi 2.2 trln so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1.0 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Deputatlar tomonidan soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni rag‘batlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘lllab-quvvatlash, soliq yukini pasaytirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash asosida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘sishini ta'minlashga hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilayotganligi alohida e'tirof etildi.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan qo‘mitaning qarori qabul qilindi.

Top