21:52 / 30.10.2015
3638

Roshen o‘z mahsulotining Yevropa Ittifoqiga eksportida muammolar yuzaga kelganini tan oldi

Ukrainaning Roshen qandolatchilik kompaniyasi o‘z mahsulotining sertifikat berilishi bilan bog‘liq muammolar sababli Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksporti bilan muammolar yuzaga kelgani tan oldi, deb ma'lum qilindi 30 oktabrda kompaniya bergan xabarda.

29 oktabrda Ukrainaning “Yevropeyskaya pravda” internet-nashri Ukrainaning yevrointegratsiya masalalari bo‘yicha agrar siyosati vaziri o‘rinbosari Vladislava Rutitskayaga iqtibos keltirgan holda Ukrainada ishlab chiqarilgan, tarkibida yong‘oq bo‘lgan qandolatchilik mahsulotlarining Yevropa Ittifoqiga eksportida muammolar yuzaga kelganini ma'lum qilgandi. Gap jumladan Roshen kompaniyasi haqida ham ketgan. Kompaniya o‘sha kunning o‘zidayoq o‘z mahsulotlarining Yevropaga eksporti taqiqlangani haqidagi xabarni inkor etdi.

Biroq kompaniya 30 oktabrda eskport borasida haqiqatan ham qiyinchiliklar yuzaga kelganini tan olgan.

Korporatsiyaning tushuntirishicha, Ukrainada hanuzgacha ukrain mahsulotlari, shu jumladan tarkibida yong‘oq va yeryong‘oq 20 foizdan ko‘proqni tashkil qilgan qandolatchilik mahsulotlari eksportining maxsus shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammo yechilmagan.

YeIning texnik tartib-qoidalariga ko‘ra, tarkibida 20 foizdan ko‘proq yong‘oq va yeryong‘oq bo‘lgan import qilinayotgan mahsulot partiyasi texnik qoidalarga ko‘ra o‘rnatilgan shakldagi sanitar guvohnomaga ega bo‘lishi kerak. Bu guvohnoma mahsulotni ishlab chiqaruvchi davlatning mas'ul tashkiloti tomonidan berilishi lozim.

Top