18:24 / 30.10.2015
3518

Sandra Bullok «Oushenning o‘n bir do‘sti» kinokartinasining «ayolcha» talqinida bosh rolni ijro etadi

Sandra Bullok «Oushenning o‘n bir do‘sti» kinokartinasining «ayolcha» talqinida bosh rolni ijro etadi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Manbaning yozishicha, filmning remeyk talqinida barcha erkak obrazlar ayollar bilan almashtiriladi. 2001 yilda ishlangan filmda bosh rollardan birini ijro etgan Jorj Kluni yangi loyihada prodyuser sifatida ishlaydi.

Filmga «Golodnyx igr» filmi rejissyori Geri Ross rejissyorlik qilishi kutilmoqda. Shuningdek filmning yangilangan talqini ustida Stiven Soderberg ham ishlashi ko‘zda tutilgan.

«Oushen o‘n bir do‘sti» kartinasi Lyuis Maylstoun tomonidan birinchi marta 1960 yilda katta ekranlarga chiqarilgan. Unda o‘n bir nafaqadagilar Las-Vegasdagi beshta kazinoni o‘marishga harakat qilishadi. Unda Frenk Sinatra, Din Martin, Josh Govard rol ijro etishgandi.

Top