08:05 / 30.10.2015
2340

Xabarovsk o‘lkasidagi uylardan biri gaz portlashi tufayli vayron bo‘ldi

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Xabarovsk tumanidagi uylardan birida maishiy gaz porladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Manbaning aytishicha, 30 oktabrga o‘tar kechasi Korfovskiy aholi punktining Geologlar ko‘chasidagi 3 qavatli binoda portlash yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash tufayli binoning bir qismi vayron bo‘lgan, xarobalar ostidan 4 kishi chiqarib olingan, 5 kishi halok bo‘lgan, qurbonlardan birining yoshi 2da ekani aytilgan, yana 17 kishini izlash ishlari olib borilmaoqda.

Ayni vaqtda Xabarovskda harorat -4 darajani tashkil etmoqda.

Top