22:33 / 30.10.2015
8720

Xitoy yuani 2005 yildan beri maksimum qiymatga qimmatlashdi

Xitoy milliy valyutasi yuan 30 oktabrda AQSh dollariga nisbatan 2005 yil iyulidan beri eng katta o‘sishni namoyish qildi.

Bunga Xitoy Xalq bankining Shanxay erkin savdo hududida sinov dasturini ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Bu dastur xitoylik individual investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy aktivlarni sotib olishga imkon beradi.

Shanxaydagi savdolarda yuan 0,62 foizga, ya'ni 1 dollar uchun 6, 31 yuangacha oshdi. Bu orada Gonkongda Xitoy valyutasining narxi 0,51 foizga, ya'ni 1 dollar uchun 6, 32 yuangacha oshdi.

Xitoy Xalq banki 30 oktabrda yuanning rasmiy kursini 1 dollar uchun 6,34 yuan darajasida o‘rnatdi. Bu oldingi kundagi narxga nisbatan 0,16 foiz ko‘proqni tashkil qildi.

Avvalroq yuan noyabrda dollar, yevro, funt va iyena qatorida jahonning 5-zaxira valyutasiga aylanishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top