18:01 / 31.10.2015
4832

“O‘zbektelekom” internet sifati bilan bog‘liq muammolar yana bir oy davom etishi haqida ogohlantirdi

O‘zbekistonda noyabr oyida ham internet tarmog‘ining ishlash tezligining yomonlashishi va alohida saytlargi kirishda muammolar tug‘iladi.

“O‘zbektelekom” AK xabariga ko‘ra, 2015 yilning 1-30 noyabr kunlari “O‘zbektelekom” AK hamkorlari tarmoqlarida ishlar olib borilishi munosabati bilan Internet sifati yomonlashishi mumkin.

Kompaniya mijozlaridan vaqtinchalik noqulaylik uchun o‘z uzrini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” AKning bunday murojaatlari O‘zbekistonda muntazam xarakterga ega bo‘lib, o‘tgan yillar davomida ko‘p marotada shu kabi “ta'mirlash” ishlar olib borilishi evaziga internet sifatida doimiy ravishda past bo‘lib kelmoqda.

OAV xabarlarida keltirilishicha, O‘zbekistonda ma'lumotlar yuklash tezligi 2.44 Mb/sekundni tashkil qiladi, bu jahondagi 188 mamlakatni qamragan reytingda 170- o‘rin demakdir. Birinchi o‘rinda turgan Gongkongda – 69.38 Mb/sekund, Singapurda – 59.53 Mb/sekund. Rossiya 30-o‘rinda (21.09 Mb/sekund), Xitoy 16.64 Mb/sekund tezlik bilan 43-o‘rinda, Qozog‘iston esa 52-pog‘onada (13.71 Mb/sekund), 80-o‘rinda – Qirg‘iziston (8.46 Mb/sekund).

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, “liniyalarimiz “Rostelekom” va “Qozoqtelekom” orqali o‘tadi, biz oxirgi nuqtadamiz. Biz Qozog‘istondan tezlik sotib olamiz va bu trafik internet provayderlariga beriladi. Bizning viloyatimizda bundaylar soni oltita. Tariflar ham shundan kelib chiqadi – tezlik qancha baland bo‘lsa, narx ham shuncha qimmat”.

Top