23:57 / 31.10.2015
2549

Manchester Siti Norvichni mag‘lub etdi, Manchester Yunayted safarda nursiz durang qayd etdi

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining navbatdagi 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Jadvalda hamon peshqadamlikni saqlab kelayotgan “Manchester Siti” o‘z maydonida “Norvich”ni mag‘lub etdi. Murosasiz kechgan o‘yinda Yahyo Turening penaltidan kiritgan to‘pi, “shaharliklar”ga omad olib keldi — 2:1

Manchester shahrining boshqa bir vakili “qizil iblislar esa” Londonda “Kristal Pelas” bilan durang natija qayd etdi — 0:0

Angliya chemnionatining qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Uotford – Vest Xem 2:0
Nyukasl – Stok Siti 0:0
Vest Bromvich – Lester 2:3
Chelsi-Liverpul 1:3
Suonsi-Arsenal 0:3

Top