19:19 / 31.10.2015
2552

AQSh Davlat departamenti: AQSh Suriya muholifatiga yana 100 mln dollarga yaqin yordam ajratadi

AQSh Suriya muholifatiga yana 100 mln dollarga yaqin yordam ajratadi. Shu tariqa AQShning 2012 yildan beri Suriya muholifatiga ajratgan yordami miqdori 500 mln dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti.

Pullar tinchlik maqsadida, jumladan mahalliy o‘zini boshqarish organlari, favqulodda vaziyatlarga javob berish xizmatlari, maktablar qurilishi, elektr va suv ta'minotini tiklash, OAVlar va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

Top