01:11 / 31.10.2015
4628

AQShda qora o‘lat bilan bog‘liq holat qayd qilindi

AQShning Oregon shtatida qora o‘lat bilan kasallanish holati qayd etildi, deb xabar berdi The New York Times nashri.

Qayd etilishicha, kasallangan o‘smir qiz qora o‘latni burga chaqishi orqali yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Bemor joriy yilning 21 oktabrida kasal bo‘lib qolib, 4 kundan so‘ng shifoxonaga yotqazilgan. Hozirda u intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda.
Oxirgi vaqtda mamlakatda boshqa qora o‘lat bilan kasallanish holati qayd etilmadi.

Avvalroq Nyu-york kalamushlari ham ushbu kasallik tashuvchilari bo‘lishi mumkinligi ma'lum bo‘lgandi.

Top