08:11 / 31.10.2015
4893

Avstraliyalik baliqchi o‘z qayig‘ida timsohning o‘ljasiga aylandi

Avstraliyaning shimolida o‘tgan yili o‘z qayig‘ida timsoh o‘ljasiga aylangan baliqchi 62 yoshli Bill Skott o‘limi bilan ochilgan tekshiruv ishlari o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda CBS News.

Sud ekpertining so‘zlariga ko‘ra, timsohning qayiqdagi odamni o‘ljaga olishi ilk marta kuzatilayotgan holatdir. Ma'lum qilinishicha, alyuminli qayiqning uzunligi 3,5 metr bo‘lgan.
Tergovchining ma'lum qilishicha, 1974 yildan beri shimoliy hududda timsoh hujumi natijasida 20 nafar kishi halok bo‘lgan. Shulardan to‘rttasi o‘tgan yilda qurbon bo‘lgan.
Kavananing ta'kidlashicha, 70-yillarda timsohlarni ovlashni taqiqlashganidan so‘ng, yirtqichlar odamlar va qayiqlardan qo‘rqmay qo‘yishgan.

Top