21:00 / 31.10.2015
5405

Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti va AQSh Davlat kotibining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va AQSh davlat kotibi Jon Kerrining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va Afg‘onistonda terrorchilik guruhlari, jumladan IShID va “Tolibon”ning faollashishi munosabati bilan mintaqaviy xavfsizlikka oid savollar muhokama qilinadi.

Jon Kerri Qirg‘izistonga Markaziy Osiyo davlatlariga tashrifi doirasida keldi. Jon Kerri AQShning Bishkekdagi elchixonasining yangi binosi ochilishida ishtirok etdi.

Top