08:28 / 31.10.2015
3642

BMT xodimlarini axloqsizliklari sabab ishdan bo‘shatdi

Birinchi yarim yillikda to‘rt nafar BMT xodimini axloqsizliklari sabab ishdan bo‘shatishdi. Ulardan uch nafari bolalar pornografik video mahsulotini saqlagan, bir nafari esa marixuana giyohvand moddasining oldi-berdisi bilan shug‘ullangan, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Bu haqda tashkilotning 188 mamlakatdagi bo‘limlarida aniqlangan jinoyat holatlari bo‘yicha yarim yillik hisobotida qayd etilgan. Yuqorida keltirilgan holatlar aynan qaysi mamlakatlarda kuzatilgani to‘g‘risida BMT oydinlik kiritmagan.

Avvalroq BMTning Markaziy Afrika Respublikasidagi maxsus vakili Babakar Gay mamlakatda fransuz tinchlikparvarlari tomonidan bolalarning zo‘rlanishi holati bo‘yicha yuzaga kelgan mojaro sababli ist'yefoga chiqarib yuborilgan edi.

Top