20:13 / 31.10.2015
3943

«Chelsi» «Liverpul»dan 1:3 hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

Angliya Premer-ligasining 11- turida Londondagi «Stemford Bridj» stadionida «Liverpul» jamoasi «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 4- daqiqasida ko‘k liboslilar “qizil”lar darvozasiga gol kiritdi. Uning muallifi Ramires bo‘ldi. Tezkor goldan o‘zini yo‘qotmagan liverpulliklar birinchi bo‘limdayoq hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Filippe Koutinoning «Chelsi» darvozasiga yo‘llagan zarbasi golga aylandi. 74-daqiqada Koutino dubl qayd etdi. Yakuniy natijani 83-daqiqadagi Kristian Bentekening goli hal qildi.

Aytish joizki, bu oktabr oyida «Liverpul» (17 ochko)ni qabul qilib olgan murabbiy Yurgen Kloppning APLdagi ilk g‘alabasi hisoblanadi. Qo‘lga kiritilgan ochko jamoaning ro‘yxatdagi 7- qatorni band etishiga xizmat qildi.

Joze Mourinoning «Chelsi»si esa qatorisiga uchinchi mag‘lubiyat alamini totib, ro‘yxatning 15-pog‘onasidagi o‘rnini “mustahkamladi”.

Top