17:47 / 31.10.2015
6466

Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyotining uchuvchisi El Arishga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan

Halokatga uchragan Rossiya layneri Airbus-321 Sinayning shimolida joylashgan El Arish shahriga favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Aviatsiya halokatlari bo‘yicha tekshiruv qo‘mitasining Misr bo‘limi vakili Ayman al-Mugademning ma'lum qilishicha, uchuvchi aeroport dispetcherini samolyotdagi texnik nosozlik sabab darhol qo‘nish lozimligi haqda ogohlantirgan.

Avvalroq Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviahalokatda halok bo‘lganlarning ro‘yxatini e'lon qilgani, ma'lum qilingan edi.

Top