21:34 / 31.10.2015
6445

Misrda qulagan samolyot yo‘lovchilarining fuqaroligi haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Saudia Arabistoni hukumatining xabar berishicha, Misrda qulagan Rossiya samolyoti bortidagi yo‘lovchilar orasida 214 nafar rossiyalik va 3 nafar ukrainalik fuqaro bo‘lgan. 217 nafar yo‘lovchidan 138 nafari ayol, 62 nafari erkak va 17 nafari bolalar bo‘lgan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Minsk bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida belaruslik fuqaro ham bo‘lgan.
Samolyot ekipaji 7 kishidan iborat bo‘lgan.
31 oktabrda Rossiyaning Misrdagi konsulligidagi manba samolyotda Brisko va Odeon Tours turoperatorlarining mijozlari bo‘lganini ma'lum qildi.

«Kogalymavia» aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Toshkent vaqti bilan 08:51da parvozga ko‘tarilgan. Samolyot 09:14da Larnka (Kipr) bilan aloqaga chiqmagan va radarlar ekranidan samolyotni ko‘rsatuvchi belgi yo‘qolib qolgan. Samolyot Sinay yarim oroliga qulab tushgan.

Ba'zi taxminlarga ko‘ra, falokatga texnik nosozliklar olib kelgan (samolyot ekipaji bir necha bor dvigatelda muammolar borligidan shikoyat qilgan). Samolyot qoldiqlari topilgan joyda qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Top