06:09 / 31.10.2015
3405

Amerikalik olimning fikricha, Xitoyda “bir oilaga bir farzand” siyosatining bekor qilinishi katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi

29 oktabrda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi “bir oilaga bir farzand” siyosatidan voz kechdi. Oksford universiteti ijtimoiy siyosat professori Styuart Gitel-Beystenning fikricha, jahon OAVlari Xitoy hukumatining bu qaroriga haddan ortiq yuqori baho berib yuborishgan va bu qaror Xitoyda sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmaydi.

Gitel-Beystenning ta'kidlashicha, ko‘pchilik odamlar xitoyliklarga ikki nafar farzand ko‘rishga imkon berilishi qarori mahalliy hukumat uchun “keskin burilish” bo‘ldi deb o‘ylamoqdalar, biroq aslida bu qaror 1984 yildan beri Xitoyda kiritib kelinayotgan islohotlarning bir qismi hisoblanadi.

Professorning fikricha, Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi “endi boshqa hech qanday ma'noga ega bo‘lmagan uncha xushlanmagan siyosatdan” voz kechib “juda oqilona” yo‘l tutgan. Uning ta'kidlashicha, 1978 yilda mamlakatda kiritilgan “bir oilaga bir farzand” siyosatining kiritilishi kabi uning bekor qilinishi ham mamlakatdagi demografik vaziyatga uncha katta ta'sir ko‘rsatmaydi. Chunki bu cheklovning kiritilishigacha xitoyliklar orasida bitta farzand ko‘rish odat tusiga kirib borayotgan edi.

Ko‘pchilik OAVlar bu siyosatning bekor qilinishi Xitoyga aholining qarishi va tug‘ish miqdorining oshishi hisobiga ishchi kuchi miqdorining kamayishi muammosini hal qilish uchun zarur edi deb xabar berdilar. Biroq, partiyaning fikricha, o‘z vaqtida farzand ko‘rishga cheklovning qabul qilinishi “millionlab bolalarning nochorlikda tug‘ilishining oldini olish” uchun zarur bo‘lgan va yalpi ichki mahsulotning aholi boshiga sezilarli o‘sishidan keyin bu cheklovga ehtiyoj qolmadi.

Olimning fikricha, bu cheklovning bekor qilinishiga mahalliy amaldorlarning bu cheklovni “yomon otliq” qilishgani ham sabab bo‘lgan. Ushbu siyosatning kiritilishi poralar olish miqdorining oshishiga olib keldi, bu cheklovga amal qilmaslik uchun yig‘ilgan to‘lovlar esa ko‘pincha “byudjyetdagi teshiklarni yopish” uchun ishlatilgan. Shuning uchun kompartiyaning bu qarori Xitoy raisining aksilkorruptsion siyosatining bir qismi ham hisoblanadi.

Xitoy hukumati oxirgi yillarda bu siyosat bo‘yicha biroz “arqonni bo‘shatdi” va ba'zi oilalarga ikki nafar farzand ko‘rishga ruxsat berdi. Biroq bu hech qanday samara bermadi, chunki bunday imkoniyatni olgan odamlar bir farzand bilan cheklanishni afzal ko‘rdilar.

Professorning ta'kidlashicha, mamlakat bo‘yicha umumiy statistika haqida gapirilmasa, o‘zgarishlar juda kuchli bo‘ladi: endi yuz minglab xitoyliklar o‘zlarining ikkinchi farzand ko‘rish orzularini ro‘yobga chiqara oladilar.

Olimning fikricha, Xitoy imij sabablariga ko‘ra ham siyosatdan to‘liq voz kecha olmadi va farzand ko‘rishga cheklovni ikki farzand ko‘rishgacha oshirdi: agar cheklov to‘liq olinganda yillar davomida amal qilib kelgan “bir oilaga bir farzand” qoidasi “xato” bo‘lganini bildirgan bo‘lardi. Bundan tashqari, mamlakatda aholining o‘sishini nazorat qilish bilan 6 mln ga yaqin odam shug‘ullanadi va agar cheklov to‘liq bekor qilinganda unda ular ishchiz qolib ketgan bo‘lardilar.  

Gitel-Beysten fikricha, ushbu cheklovning bekor qilinishi natijalarini faqatgina 10-20 yildangina to‘liq baholash mumkin bo‘ladi.

Top