09:25 / 31.10.2015
3384

Povetkin Klichko bilan Kiyevga borib jang qilishga tayyorligini bildirdi

Rossiyalik og‘ir vazn toifasidagi bokschi Aleksandr Povetkin ukrainalik bokschi Vladimir Klichko bilan Kiyevda jang olib borishga tayyor ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sportbox.ru.

Rossiyalik 4 noyabr kuni Qozonda tashkillashtiriladigan jangda polshalik Mariush Vax bilan ringga ko‘tariladi. Klichko esa 28 noyabr kuni Dyusseldorfda britaniyalik charm qo‘lqop ustasi Tayson Fyuri bilan rubaro‘ keladi.
2015 yilning 30 may kuni Klichko rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan jang qilishga tayyorligini bildirib o‘tgandi. U jang faqat Ukraina poytaxtida bo‘lishini ham ta'kidlab o‘tgan.

Ular o‘rtasidagi birinchi jang 2013 yilning oktabr oyida Moskvada bo‘lgan, unda ochkolar hisobida ukrainalik bokschining qo‘li baland kelgan edi.

39 yoshli ukrainalik bokschi hozirgacha 67 jang o‘tkazib, shundan 64 tasida zafar quchgan (shundan 53 tasida nakaut qayd etgan) va uch jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Klichko — og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va IBF yo‘nalishlari kamari sohibi hisoblanadi. 36 yoshli Povetkin hozirgacha 30 jang o‘tkazib, shulardan 29 tasida zafar quchgan (21 nokaut).

Top