18:58 / 31.10.2015
2893

Ruminiya prezidenti xavfsizlik me'yorlarining inkor qilinganligi tungi klubda yuz bergan fojiaga sabab bo‘lganini aytdi

Ruminiya hukumati 31 oktabrga o‘tar kechasi Buxarestda tungi klubda yuz bergan fojiadan saboq olishlari kerak, deb aytdi jurnalistlarga mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis “Kollektiv” tungi klubida yong‘inda jabrlanganlar yetkazilgan shifoxonaga tashrifidan so‘ng. Shifokorlar qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytishmoqda, chunki 146 nafar odam og‘ir kuyish jarohatlari olgan, 25 kishining ahvoli juda og‘ir deb baholanmoqda, 17 nafar halok bo‘lgan va 5 nafar jarohat olganlarning shaxsi aniqlanmagan. Ruminiya fojia qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qildi.

Tungi klubda chiqqan yong‘in oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan va 200 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.

“Bu fojia hamma narsani tavakkalga tayanib qilganimiz uchun sodir bo‘ldi. Menda klubda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinmagani haqida ma'lumotlar bor. Qoidalarning inkor etilishi shu dahshatli fojiaga olib keldi. Hukumat ushbu fojiadan o‘zi uchun saboq chiqarishi kerak”, deb aytdi Yoxannis.

Yoxannisning aytishicha, u Ruminiya ichki ishlar vaziri Gabriyel Oprya va Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat kotibi Rayed Arafatni chaqirtirdi, ular prezidentga fojiani tergov qilish bo‘yicha birinchi hisobotlarni taqdim qiladilar. Arafat jurnalistlarga “Kollektiv” tungi klubi egalari pirotexnikadan foydalanib shou tashkil etishga ruxsatlari bo‘lmaganini aytdi.

Arafatning aytishicha, klub egalari so‘roq qilinmoqda va bu holat bo‘yicha bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Buxarest prokuraturasi fojia bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi va dastlabki so‘roq paytida klub egalari me'yorlarga zid ravishda, mablag‘larni tejash maqsadida klubni yengil alangalanuvchi materiallar bilan jihozlaganligi aniqlandi.

Top