16:18 / 31.10.2015
5782

Sinayda halokatga uchragan Rossiya samolyotining “qora quti”lari topildi

Misrning Sinay yarimoroli hududida falokatga uchragan Rossiya yo‘lovchi samolyotining “qora quti”lari aniqlandi, deya xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.
Bundan avvalroq esa Rossiyaning Airbus-321 layneri qulagan hududdan 100 nafarga yaqin kishining jasadi aniqlangani xabar qilingan edi.

Shuningdek, halokatdan to‘rt kishining omon qolgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top