15:35 / 31.10.2015
3443

Yurgen Klopp: "Jurnalist yoki murabbiy bo‘lmasangiz, Mourinyu ajoyib inson"

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning navbatdagi turida “Chelsi”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan raqib jamoa murabbiyi Joze Mourinyu haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men Mourinyu qilgan ishlarni juda hurmat qilaman. Jurnalist va hakam bo‘lmaganlar uchun Joze ajoyib inson. Men jurnalist ham, hakam ham emasman. Shu sababli o‘rtamizda hech qanday tushunmovchilik yo‘q.

U ham, men ham ta'sirchan murabbiymiz. Biroq ikkimiz ham o‘yin tugaganidan so‘ng odatdagi hayot boshlanishini tushunadigan murabbiylarmiz”, – dedi Klopp.

Ma'lumot uchun, “Liverpul” hamda “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuv 31 oktabr soat 17:45 da bo‘lib o‘tadi.

 

Top