12:15 / 01.11.2015
2920

«Ash-Shabab» guruhi Somalidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

«Ash-Shabab» jangarilari Somali poytaxtidagi mehmonxonada amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.

"Saxafi mehmonxonasi qamal qilindi. U yerda dushmanlar yashayotgandi. Amaliyot davom etadi", deyiladi jangarilarning bayonotida.

Biroz oldinroq, ushbu hujum tufayli mehmonxonadagi ikki kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Politsiya qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Top