22:45 / 01.11.2015
9715

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi: Rossiyaning Airbus 321 samolyoti havoda parchalanib ketgan

Misrning Sinay yarimorolida 31 oktabrda falokatga uchragan Airbus 321 samolyoti havoda parchalanib ketgan, biroq falokat sabablari haqida xulosa chiqarishga hali erta, deb aytdi Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi ijrochi direktori Viktor Sorochenko. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Sorochenko buni samolyot qulagan joyni ko‘zdan kechirgandan keyin aytgan.

“Xulosalar chiqarishga hali erta. Samolyot havoda parchalanib ketgan va samolyot bo‘laklari katta maydonda yoyilib yotibdi”, deb aytdi Sorochenko.

Avvalroq Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Misr Rossiyaga falokatni tergov qilishda barcha zaruriy yordamni berayotganini aytgan edi.

31 oktabrda Sharm-al-Shayhdan Sankt-Peterburgga uchib ketayotgan “Kogalimavia” aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti Misrda falokatga uchragan edi. Samolyotda bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘lgan.

Top