08:59 / 01.11.2015
2098

Italiya chempionati: “Yuventus” nihoyat zafar quchdi, “Roma” esa yutqazib qo‘ydi

Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining navbatdagi 11-tur bahslari Turin derbisi bilan boshlandi. Maydonda shaharning kuchli ikki jamoasi — “Yuventus” va “Torino” bir-birlarini sinab ko‘rishdi.

Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Pogbaning urgan goli hisobiga “Yuventus” oldinga chiqib oldi. Ammo 51-daqiqada “Torino” o‘yinchisi Bovoning aniq zarbasi evaziga hisob tenglashdi — 1:1.

Jamoalar shu tariqa 93-daqiqaga qadar to‘p surishdi. Aynan shu daqiqada “Yuventus”ga zarur bo‘lgan g‘alaba to‘pini Kuadroda kiritdi. Uchrashuv 2:1 hisobida “Yuventus” g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi.

Ayni paytda “Yuventus” 15 ochko bilan 10-o‘rinni, shuncha ochkogo ega “Torino” esa 11-o‘rinni egallamoqda.

Italiya A seriyasi. 11-tur

Yuventus – Torino – 2:1

Gollar: Pogba, 19 (1:0); Bovo, 51 (1:1); Kuadrado, 90+3 (2:1).

Turning yana bir qiziqarli kechgan uchrashuvi “Inter” va “Roma” jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Shiddatli kechgan bahsda kichik hisob qayd etildi. Medelning 31-daqiqada kiritgan to‘pi uchrashuvda yagona gol bo‘lib qoldi va “Inter”ga navbatdagi ochkolarni taqdim etdi. Umumiy hisob — 1:0 “Inter” g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida Pyanichning o‘yindan chetlatilishi hisobiga romaliklar o‘yinning oxirigacha kamchilik bo‘lib harakat qilishga majbur bo‘ldilar.

“Inter” shu g‘alabasi evaziga 24 ochko to‘plagan holda chempionat peshqadamiga aylandi, “Roma” esa 23 ochko bilan 2-o‘ringa tushib ketdi.

Inter – Roma  – 1:0

Gollar: Medel, 31 (1:0).

Chetlatish: Pyanich, 73 (Roma).

Top