Suriya shimolida "Ahror ash-Shom" guruhi jangarilari 2ta yo‘lovchi avtobus yo‘lovchilarini olib qochishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Qayd etilishicha, bu avtobuslar Halab-Afrin yo‘nalishida qatnovchi avtobuslar hisoblanadi.
"Halabdan Afringa qarab yo‘lga chiqqan 2ta yo‘lovchi avtobus "Ahror ash-Shom" jangarilari qo‘liga tushgan", deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, avtobuslar Halabdagi al-Shayx Maqsud kvartalidan qaytayotgandi.
Manbaning aytishicha, avtobusda bo‘lgan 3 yo‘lovchi ayol hamda haydovchilardan biri Afrindagi avtovokzalga yetib olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ayni vaqtda jangarilar necha kishini olib ketishganiga aniqlik kiritilmagan.