17:47 / 01.11.2015
3211

Jyeymi Vardi ketma-ket 8ta o‘yinda gol urib APL tarixiga kirdi

"Lester" jamoasining 28 yoshli hujumchisi Jyeymi Vardi "Vest Bromvich" (3:2)ga qarshi o‘yinda gol urib, tarixdan joy oldi.

U Angliya Premer-Ligasining ketma-ket 8ta o‘yinida gol urgan uchinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Bundan avvalroq bunday ko‘rsatkichni Daniel Starrij va Ruud Van Nistelroy (gollandiyalik futbolchi o‘z natijasini 10ta o‘yingacha uzaytira olgan) qayd etgandi. Endilikda Vardi eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Vardi joriy mavsumning 11 turida jami 11ta gol urib, bitta samarali to‘p uzatishini amalga oshirdi.

Top