17:17 / 01.11.2015
7248

Jon Kerri: Markaziy Osiyo siyosati AQSh va Rossiya tanlovi asosida qurilmasligi kerak

31 oktabr kuni Markaziy Osiyoga tashrifini Qirg‘izistondan boshlagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Bishkekda matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz Markaziy Osiyo davlatlari siyosati AQSh, Rossiya yoki Xitoy kabi davlatlarga qarab belgilanmasligi kerak, degan fikrdamiz", deydi u.

Kerrining aytishicha, eshik ortida 21 asr turibdi va barcha davlatlar iqtisodiy hamda savdo sohalarida mustaqil harakat qilib, o‘z qiziqishlari asosida tanlovlarni amalga oshirishi kerak.

"Biz Qirg‘iziston bilan munosabatlarimizni rivojlantirishni va mustahkamlashni istaymiz. O‘tgan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida AQSh Qirg‘izistonga bergan barcha va'dalarini bajarib kelmoqda. AQSh va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tenglik va o‘zaro hurmat asosiga qurilgan", deydi Jon Kerri.

O‘z navbatida, matbuot anjumanida qatnashgan Qirg‘iziston TIV rahbari Erlan Abdullayev Qirg‘iziston AQSh bilan hamkorlikning kuchaytirilishidan manfaatdor ekanligini qayd etib o‘tgan.

Top