18:06 / 01.11.2015
14319

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (26.10-01.11.2015)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (26.10-01.11.2015) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Erdo‘g‘an: kurdlarning Suriyada yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi>>

Kurdlarning Suriya shimolida yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi. Buni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Afg‘oniston Rossiyadan qurol olmoqchi>>

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Moskvaga murojaat qilib, ularga artilleriya, o‘qotar qurol va Mi-35 vertolyotlarini yetkazib berishni so‘radi.

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari keltirilishi boshlandi>>

Estoniyaga AQShning og‘ir harbiy texnikalari esheloni keltirildi. Bu haqda Valgamaalane gazetasi ma'lumotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida, Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yangi shahar barpo etiladi>>

Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida, Qozog‘istonning Qizilo‘rda vilotida yangi shahar barpo etiladi, deb aytdi Qizilo‘rdada bo‘lib o‘tgan XIII Respublika shaharsozlik anjumanida Qizilo‘rda viloyati akimi (hokimi) Qrimbek Qusherboyev.

Tramp: Agar Saddam Husayn va Kaddafi hozir hokimiyat tepasida bo‘lganida dunyo tinchroq yashayotgan bo‘lardi>>

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Hillari Klinton bilan qatnashgan AQSh kongressida bo‘lib o‘tgan “Bengazi ishi” bo‘yicha tinglovdan so‘ng izoh berarkan, Iroq va Liviya “diktatorlar davrida yaxshiroq yashaganini” ma'lum qilgan.

OAV: Pentagon Rossiya kemalarining AQSh suvosti kommunikatsiyalari yaqinida turganidan xavotirga tushmoqda>>

Pentagon AQShni telefon va internet aloqa bilan ta'minlab turgan asosiy suvosti kommunikatsiya kabellari joylashgan havzalarda Rossiya kemalari va suvosti kemalarining mavjudligidan qattiq havotirda ekanini bildirmoqda.

Qirg‘iziston va Yaponiya bir qator kelishuvlarni imzoladi>>

26 oktabrda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Abening tashrifi yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston va Yaponiya o‘rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

Shindzo Abe: Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi>>

“Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi”, deb aytdi Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe.

NASA “mingyillik dovuli”ning orbital foto va videolarini ko‘rsatdi>>

NASA agentligi “mingyillik dovuli” nomini olgan tabiiy ofatning orbitadan suratga olingan foto va videolarini ko‘rsatdi. Bu haqda agentlikning saytida xabar qilindi.

BAA neft bahosining 50 dollarga tushib ketganini “insoniyat uchun tuhfa” deb atadi>>

Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot departamenti boshlig‘i Ali al-Mansuriy neft bahosining bir barrelga 50 dollar qiymatga tushib ketishini “insoniyat uchun tuhfa” deb atgan, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.

Afg‘onistondagi maktabda zilziladan keyingi talato‘p vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi>>

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida maktab o‘quvchilarini evakuatsiya qilish vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz qiz halok bo‘ldi va 35 nafari jarohatlandi. Reuters bergan axborotga ko‘ra, ularni maktab binosidan evakuatsiya qilishga urinishlar samarasiz yakunlangan.

Xitoy besh yulduzli mehmonxonalarning ko‘pligi bo‘yicha ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda>>

Trivago sayyohlik xizmati tadqiqotchilari besh yulduzli mehmonxonalari eng ko‘p davlatlarning reytingini tuzib chiqdi.

Yaponiya bosh vaziri Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Qozog‘istonga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuv chog‘ida Nazarboyev Abeni qayta saylangani bilan tabriklab, jahondagi murakkab siyosiy va iqtisodiy vaziyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni tilab qoldi.

Afg‘onistondagi zilzila tufayli halok bo‘lganlar soni 350 nafarga yetdi>>

Avval xabar berilganidek, Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'sri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Janubiy Koreya prezidenti: KXDR tahdidlariga qarshi turish uchun mudofaani mustahkamlaymiz>>

Koreya Respublikasi shimoliy qo‘shnisining tahdidlariga qarshi tura olish uchun o‘z harbiy salohiyatini oshirishda davom etadi. Bu haqda prezident Pak Kin Xe Milliy kengashda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Qirg‘iziston va Xitoy chegarachilari aeroportlarda qo‘shma operatsiyalar o‘tkazadilar>>

Qirg‘iziston va Xitoyning chegara idoralari ikki davlat aeroportlaridagi nazorat o‘tkazish punktlarida xavfsizlik masalalari bo‘yicha axborot almashuvini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Qirg‘iziston vakillari xabar berdi.

IShID jangarilari Palmiradagi tarixiy ustunlar majmuasini yo‘q qildi>>

IShID jangarilari Suriya shimoli-sharqidagi tarixiy Palmira shahridagi ustunlar majmuasini portlatib yubordi. Bu haqda Livandagi "An-Naxar" gazetasi saytida ma'lum qilingan.

Osiyo janubidagi zilzila: Talofatlar fotosuratlarda>>

Afg‘onistonda 26 oktabr kuni 7,5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Uning ta'sri O‘rta Osiyoning boshqa respublikalarida ham sezildi. Ko‘plab shahar va qishloqlarda aholining uylari, maktablar va boshqa binolar shikastlandi.

Turkiya gaz masalasida Rossiyani sudga berdi>>

Turkiyaning Botas davlat kompaniyasi Rossiya ustidan gaz narxlari tufayli xalqaro hakamlik sudiga da'vo arizasi kiritdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Qirg‘izistonda IShIDning Markaziy Osiyoda teraktlar uyushtirishga qancha pul sarflagani aytildi>>

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Alfa” maxsus bo‘linmasi faxriylari birlashmasi raisi Artur Medetbekovning so‘zlariga qaraganda, IShID Markaziy Osiyoda teraktrlar uyushtirish, bu yerda odamlar yollash va boshqa ishlarga 70 mln dollar yo‘naltirganini bayon qildi. Bu haqda Qirg‘iziston axborot agentligi xabar bermoqda.

Brent turidagi 1 barrel neft narxi 47,28 dollarga tushdi>>

Kelgusida AQShdagi yoqilg‘i zaxirasining ortishi haqidagi ma'lumotlr tufayli neft narxida tushish kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Alibaba asoschisi eng boy odam maqomidan mahrum bo‘ldi>>

Alibaba Group onlayn kompaniyasi asoschisi milliarder Jyek Ma Forbes jurnali talqini bo‘yicha Xitoyning eng boy odami mavqeyidan mahrum bo‘ldi. Uning o‘rniga kuchmas mulk investitsiyasi bilan shug‘ullanuvchi Van Tszyanlin ko‘tarilib oldi.

XVJ Saudiya Arabistoni g‘aznasining tez orada bo‘shab qolishidan ogohlantirmoqda>>

Yaqin 5 yil ichida neft narxining pastligi tufayli Saudiya Arabistoni byudjyet tanqisligining tez o‘sishi muammosiga duch keladi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.    

Bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligiga ega bo‘ldi>>

27 oktabr, seshanba kuni mashhur bokschi, bir necha vazn toifalarida ko‘p karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Roy Jons Moskvada Rossiya fuqaroligini beruvchi pasportga ega bo‘ldi. Bu haqda «R-Sport» nashri xabar tarqatmoqda.

Rio olimpiadasida ilk marta qochqin maqomidagi sportchilar ishtirok etishi mumkin>>

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2016 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan Rio-de-Janeyro olimpiadasida qochqinga aylangan sportchilar ham ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.

GM yong‘in xavfi borligi sabab 1,4 mln dona avtomobilini ortga qaytarib oladi>>

Amerikaning General Motors kompaniyasi avtomobillarning dvigatel qismidagi moylash bilan bog‘liq muammolar tufayli dunyo bo‘yicha 1,4 mln mashinalarini ortga qaytarib oladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

Putin Saudiya Arabistoni qiroli bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al Soud bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.

AQSh davlat qarzi chegarasining oshirilishi 2017 yil martigacha uzaytiriladi>>

AQSh davlat qarzi chegarasining oshirilishi 2017 yil martigacha uzaytirilishi mumkin, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Isroillik uchuvchilar “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi>>

F-16I qiruvchi samolyotida parvoz qiluvchi isroillik uchuvchilar samolyotning holati haqida ma'lumot beruvchi “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Defense Aerospace nashri ma'lum qildi.

Lavrov: Rossiya terrorizm bosimiga qarshi barcha choralarni qo‘llaydi>>

Rossiya terrorizm bosimiga qarshi har qanday choralarni qo‘llaydi. Bu haqda Rossiya va Belarus idoralar kengashi majlisidan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytib o‘tgan. 

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

BMT: Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 13,5 mln nafarga yetdi>>

Suriyadagi gumanitar yordamga muhtoj kishilar soni 1,2 mln. nafarga oshdi va umumiy hisobda 13,5 mln ga yetdi. Bu haqda gumanitar masalalar bo‘yicha BMT bosh kotibi yordamchisi Stiven O'Brayyen Xalqaro xavfsizlik tashkilotining kengashidagi nutqida bayon qilgan.

Latviyaga AQSh armiyasining tarkibida 17 ta zirhli texnikasi bo‘lgan kolonnasi yetib keldi>>

Latviyaning Adaji harbiy bazasiga AQShning 17 ta zirhli texnikadan iborat kolonnasi yetib keldi. Bu haqda Latviya Mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Kaspars Galkins TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qildi.

Pentagon Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazilganini tasdiqladi>>

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh harbiy kemalari oxirgi kunlarda Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazganini tasdiqladi. 

Tojikiston va Qirg‘iziston bahsli hududlar bilan o‘zaro almashmoqchi>>

Tojikiston va Qirg‘iziston ikkala davlat chegaralaridagi bahsli xududlarni demarkatsiya (chegara chiziqlarini qayta tortish, belgilarni o‘rnatish) va delimitatsiya (tuzilgan kelishuv bo‘yicha davlat chegarasini belgilash va uni xaritaga tushirish) muammolariga nuqta qo‘ymoqchilar, deb xabar berdi Tojikiston xukumatidagi manba.

Yaponiya Qozog‘istondagi AES qurilishiga qiziqish bildirmoqda>>

Yaponiya Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda. Bunday fikrni Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi.

Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan uchrashadi>>

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 39-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Qozog‘iston YeI bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi>>

Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi rahbariyatining rasmiy tashrifini kutmoqda. Aytilishicha, ushbu tashrif doirasida kengaytirilgan hamkorlik va aloqalar to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ma'lumot berdi.

Rossiya maxsus xizmatlari rahbari IShID tahdidi tufayli MDH chegaralarini mustahkamlashga chaqirdi>>

Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov MDH, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini mustahkamlab, IShIDga birgalikda qarshi turishga chaqirdi.

Siyosatshunos: AQSh Markaziy Osiyoni yo‘qotishdan qo‘rqadi>>

Kecha AQSh Davlat departamenti tarqatgan axborotga ko‘ra, 29 oktabr kuni davlat kotibi Jon Kerri rejadan tashqari Markaziy Osiyo turnesini o‘tkazib, mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan S5+1 formatida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Atambayev Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi>>

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev «QR Hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi, deya xabar bermoqda KirTAG nashri mamlakat rahbari matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayanib.

Neft narxida yana o‘sish kuzatilmoqda>>

AQShdagi Kushinge terminalida neft zaxirasining kamayishi haqidagi xabarlardan keyin jahon bozorida neft narxida o‘sish kuzatilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Yevropa va Markaziy Osiyoda biznes muhiti yaxshilanmoqda>>

Oxirgi yil davomida Yevropa va Markaziy Osiyoning 90 foiz davlatlarida tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘tkazildi. Bu haqda Jahon bankining biznes yuritish sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha guruhi tayyorlagan yillik hisobotida ta'kidlandi.

Qozog‘iston va Yaponiya o‘rtasida 1.5 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi>>

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening Qozog‘istonga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkaziladigan Qozog‘iston-Yaponiya biznes-forumida umumiy qiymati 1.5 mlrd dollarga teng jami 14 hujjat imzolanadi.

Die Zeit: Angela Merkel chek daftarchasisiz hech kim emas>>

Yevropadagi migratsion inqiroz Germaniya kansleri Angela Merkelning “dunyodagi eng qudratli ayol” va “Yevropaning eng qudratli siyosatchisi” qabilidagi imijini yo‘qqa chiqardi, deb hisoblaydi Die Zeit nashri.

"Barselona" Messiga rad qilib bo‘lmas taklif bilan chiqmoqchi>>

"Barselona" Lionel Messi o‘z tarkibida faoliyatining oxirigacha qolishini istamoqda.

OAV: Slutskiy "Chelsi"da Mourinoni almashtirishi mumkin>>

Ispaniyadagi jurnalistlar Moskvaning TsSKA jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiyni "Chelsi"ning navbatdagi bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida xabar tarqatishmoqda.

Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma'lumotlar oshkor bo‘ldi>>

Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi Ravon Nexia markasi haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Avto mail.ru» nashri xabar tarqatmoqda.

Yevropa Ittifoqi hududida 2017 yilga borib rouming bekor qilinadi>>

Yevropa parlamenti Yevroittifoq hududida 2017 yilga borib rouming tugatilishi haqida yakuniy ovoz berdi, deb ma'lum qilmoqda Techradar.

Yaponiya poytaxtida Tokyo Motor Show 44-avtosaloni ochildi>>

Bugun, 28 oktabr kuni Tokio shahridagi Odayba sun'iy orolida joylashgan Big Sight ko‘rgazma zalida Tokyo Motor Show 2015 44-avtosaloni ochildi. Yaponiya va boshqa davlatlarning 30dan ortiq avtomobilsoz kompaniyalari unda o‘zlarining oxirgi yutuqlarini taqdim qiladi.

“Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari Somalida qulagan samolyot ekipajini asirga oldi>>

Somalidagi Afrika ittifoqi missiyasi uchun yuk olib ketayotgan Airbus A380 samolyoti Somalida qattiq tarzda qo‘ngandan keyin uning bortidagi 12 kishi “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan garovga olindi, deb xabar bermoqda Voice of America nashri. 

Turkiya Kurdiston muxtoriyati tuzilishiga qarshi harbiy harakatlar boshlamoqchi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kurdlar tomonidan Suriya shimolida, Turkiyaning janubi-sharqiy chegaralari yaqinida muxtoriyat tuzilishiga qarshi barcha zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qildi.

AQSh Suriyadagi muammoni hal etish uchun Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor>>

AQSh Suriya inqirozini hal etishda Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, deb ma'lum qilmoqda Oq uy vakili Erik Shults. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Gretsiyada qirg‘oqlari yaqinida qochqinlar qayiqlari halokatga uchrab, 5 bola cho‘kib ketdi>>

28 oktabr kuni Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida qochqinlarni olib ketayotgan 4ta qayiq halokatga uchradi va 5 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar bergan.

Kerri Suriya inqirozini hal etishda AQSh va Rossiyada “umumiy yondashuvlar” mavjudligini aytdi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ma'lum qilishicha, AQSh va Rossiyada Suriyadagi inqirozni tartibga solish uchun “umumiy yondashuv”lar bor. U bu haqda Yaqin Sharq masalasida Vashingtonda qilgan chiqishi vaqtida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda TASS.

Hillari Klinton AQSh muammosini hal etishda barcha siyosatchilarni “bir guruh”da bo‘lishga chaqirdi>>

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi doirasida Nyu-Hempshir shtatida qilgan chiqishi vaqtida barcha siyosatchilarni mamlakatda mavjud muammolarni birgalikda, bahamjihat hal etish lozimligiga chaqirdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Turkiya muxolifati YeIga muhojirlar masalasida e'tiroz bildirdi>>

Turkiya xalq respublika partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li Yevropa Ittifoqini mamlakatni qochqinlarni qabul qilishdagi oraliq zonaga aylantirishga intilayotganda aybladi. 

Suriyada rossiyalik harbiy xizmatchi nega joniga qasd qilgani aytildi>>

Rossiyaning Suriyadagi kontingetida xizmat o‘tayotgan oddiy askar Kostenko halok bo‘lgani yuzasidan ushbu mamlakat mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Bu yil 800 mingga yaqin kishi Yevropadan o‘zlariga qochqin maqomini berishini so‘radi>>

Bu yil 800 ming nafarga yaqin kishi Yevropa mamlakatlaridan ularga qochqin maqomini berishlarini so‘ragan. Bu o‘tgan yilnikiga qaraganda, ikki baravarga ko‘pdir. Bu haqda 29 oktabr kuni BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, Times gazetasi ma'lum qilmoqda.

Laporta: "Barselona" Fransiya ligasiga o‘tishi mumkin, lekin jamoa La Ligani tark etmasligi kerak>>

"Barselona" jamoasining sobiq prezidenti Joan Laporta Kataloniya Ispaniyadan mustaqil bo‘lib, ajralib chiqqanidan keyin futbol jamoasining taqdiri qanday kechishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Angela Merkel Xitoyga rasmiy safarini boshladi>>

Germaniya kansleri Angela Merkel va XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan ikki tomonlama muzokaralarni boshladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi>>

20 oktabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: Curiyada kimyoviy qurol-aslaha mavjud emas, biroq IShIDda bor>>

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov Suriyada kimyoviy qurolsizlantirish jarayoni yakuniga yetganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan Turkiyada mustaqillik kuni nishonlanmoqda>>

Janubiy G‘arbiy Osiyoda (hududining 3 foizi, aholisining 20 foizi janubi-sharqiy Yevropada) joylashgan Turkiyaning rasmiy nomi Turkiya respublikasi (turkcha Türkiye Cumhuriyeti) deb ataladi.

OAV: Istanbulda IShIDning 15 nafar jangarisi qo‘lga olindi>>

Turkiya huquq-tartibot xodimlari o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida mamlakat poytaxti Istanbul shahrida IShID a'zosi bo‘lgan 15 nafar jangari hibs qilindi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar qilgan.

Xitoy va Germaniya Suriya mojarosini siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi>>

Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan va Germaniya kansleri Angela Merkel bugun, 29 oktabr kuni Suriyadagi mojarolarni muhokama qilishdi, deya xabar beradi Reuters.

Guardian: Mogerini Rossiyani Suriyada bo‘lishi mumkin bo‘lgan “afg‘on ssenariysi”dan ogohlantirdi>>

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Rossiya agar Suriyada o‘tish davrini amalga oshira olmasa, uning uchun “afg‘on ssenariysi” takrolanishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. 

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga bitimlar tuzdi>>

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va mamlakat tadbirkorlari 28 oktabrda o‘z uylariga Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab bir haftalik safardan 26 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga tijorat bitimlari tuzgan holda qaytishdi.

Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosini cheklashni yoqlab chiqdi>>

AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgan Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosi juda ko‘p qo‘llanayotganini ta'kidlab, bunday amaliyotni sezilarli darajada cheklash va qisqartirish lozimligini aytdi.

Estoniyalik harbiy qo‘mondon NATOning qora tanli jangchilarini haqorat qilgan vatandoshlarini koyidi>>

Top