21:48 / 01.11.2015
9144

Nursulton Nazarboyev nabirasining karerasiga ta'sir ko‘rsatmoqchi emas

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z nabiralarining katta hayotdagi qadamlarini chetdan turib kuzatishni ma'qul ko‘radi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dauren Abayev Akorda saytining Feysbukdagi sahifasi orqali o‘tkazilgan onlayn muloqot chog‘ida ma'lum qilgan.

"Davlatimiz rahbari nabiralarining o‘z kasblarini o‘zi tanlashi va mustaqil ravishda harakat qilishini, ularning tanloviga aralashmaslikni afzal deb biladi. Shubhasiz, u o‘z nabiralarining mustaqil ravishda qo‘lga kiritgan yutuqlaridan xursand bo‘ladi", deydi Abayev savollarga javob berish vaqtida.

U shuningdek, prezidentning nabiralaridan biri Oysulton Aliyevning Qozog‘iston Futbol federatsiyasiga rahbar bo‘lish uchun intilayotgani haqidagi ma'lumotga ham munosabat bildirib o‘tgan.

"Qozog‘iston FF atrofidagi voqealarga munosabat bildiradigan bo‘lsak, bu tashkilot jamoat tashkiloti hisoblanadi va o‘z qarorlarini mustaqil ravishda qabul qiladi. Bu tashkilot o‘z kelajagini o‘zi hal qiladi va davlat tomonidan undagi ichki o‘zgarishlarga ta'sir ko‘rsatilmaydi", deydi Abayev.

Top