20:41 / 01.11.2015
2486

Ozarbayjon parlamenti uchun saylovda ovoz berish jarayoni yakunlandi

Bugun, 1 noyabr kuni Ozarbayjon parlamentiga saylov bo‘lib o‘tdi. Mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochilgan saylov uchastkalari kechki soat 19:00da yopildi

Bugungi saylovda ozarbayjonliklar avvalgi (2010 yil) saylovdagidan ko‘ra faolroq bo‘lishgani qayd etilgan. Kunning soat 17:00 holatiga ko‘ra davomat 50,1 foiz bo‘ldi (5 yil oldingi saylovda bu vaqtdagi ko‘rsatkich 44,75 foiz bo‘lgan).

Qayd etilishicha, Turkiyadagi saylovlarda jiddiy hodisalar kuzatilmagan.

Ozarbayjon parlament saylovini 40 tashkilotdan jami 503 nafar xalqaro kuzatuvchi va 66 mingdan ortiq mahalliy kuzatuvchilar kuzatib bordi.

Ma'lumot uchun, bugungi saylovda bir palatali parlament - Milliy Majlisdagi 125 o‘rin uchun 767 nafar nomzod kurash olib bordi. Jumladan, 15ta siyosiy partiyaning 430 nafardan ziyod vakili, yettita partiyani birlashtirgan bitta blok hamda mustaqil nomzodlar parlamentdagi o‘rinlarga da'vogarlik qilmoqda.

Top